Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

SOG’LOM TURMUSH TARZI SARI

17:21, 08.02.2023      

Stress - har bir inson hayotining bir qismidir. Tabiat va jamiyatdagi voqea-hodisalarning har qanday turi, ijobiy yoki salbiy bo’lishidan qat’iy nazar, stressni keltirib chiqarishi mumkin. Stress odatda zararli deb hisoblanadi, ammo aslida barcha stresslar yomon emas. Masalan, bu shaxslardagi muammoli, qiyin vazifalarni bajarishga, yechimini topishga undashi mumkin.

Stress holatlarida ijobiy natijadorlikka erishish usullarini targ’ib etish maqsadida Pedagogika-psixologiya fakulteti jamoasi tomonidan 1-sonli Talabalar turar joyida “Talabalarda stressga bardoshlilikni oshirish” mavzusida psixologik treninglar olib borildi. Mazkur treningda stressiz - sog’lom turmush madaniyatini shakllantirishning usullari haqidagi fikr - mulohazalar tinglandi. Tadbir so’nggida talabalar mavzuga oid psixologik mashg’ulotlarni amalda bajardilar.