Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

“BOQIY MEROS SOHIBI” NOMLI ILMIY-ADABIY ANJUMAN

16:40, 15.02.2023      

O’zbеk xalqi boy adabiy yodgorliklarga ega. O’tmishda yaratilgan mo'tabar og’zaki va yozma adabiyotimiz namunalarini chuqur o’rganish va shu yurtda yashayotgan kishilarning ulug’ burchidir.

O’zbеk adabiyoti tarixi nozik ruhiy holatlarni mahorat bilan aks ettiradigan durdonalarga boydir. Ular hozirgi avlod ruhiyatida, qalbida ham hayajon uyg’otadi va ma'naviyatini boyitishlariga ulkan hissa qo’shadi.

O’zbek mumtoz adabiyotining nodir na’munalaridan hisoblangan “Boburnoma” memuar asari orqali talaba-yoshlarda vatanparvarlik, insoniylik g’oyasini kuchaytirish maqsadida, Fag’ona davlat universitetining Filologiya fakulteti hamda San’atshunoslik fakulteti bilan hamkorlikda shoh va shoir, o'zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili - Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligiga bag'ishlangan "Boqiy meros sohibi" nomli ilmiy-adabiy anjuman bo’lib o’tdi.

Anjumanda Filologiya fakultetining professor-o’qituvchilari, boburshunos olimlar, magistrlar va talaba-yoshlar ishtirok etdilar. Unda tarixda uch asrdan ortiq hukumronlik qilgan Boburiylar sulolasining asoschisi Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti, ijodi va ushbu sulolaning dunyo ma’daniyati tarixida qoldirgan buyuk merosi haqida fikr-mulohazalar tinglandi. Shuningdek anjumanda Bobur g’azallariga bastalangan kuy-navolar ishtirokchilarga estetik zavq ulashdi.