Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 438
  • Ko`rib chiqilganlar 405
    • Takliflar 57
    • Arizalar 340
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

NAZM VA NAVO KECHASI

16:41, 15.02.2023      

Yoshlarda buyuk ajdodlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash va ular qoldirgan adabiy me’rosini chuqur o’rgatish maqsadida, Farg’ona davlat universitetining faollar zalida Farg'ona shahar madaniyat va turizm bo'limi tashabbusi bilan universitet, san'at va maqom maktablari bilan hamkorlikda buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi hamda davlat arbobi, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligiga bag'ishlangan “Nazm va navo” kechasi tashkil etildi. Unda hududdagi keksa-nuroniylar va talabalar ishtirok etishdi.

Tadbirni tilshunoslik kafedrasi dotsenti, boburshunos olim Muxtorjon Amanov ochib, Bobur hayoti va ijodi haqida so'z yuritdi. Shundan so'ng Farg'ona ixtisoslashtirilgan maqom maktabining o'qituvchi va o'quvchilari, Qirguli, Ko'zi ojizlar madaniyat markazlari to'garak rahbarlari tomonidan ularning g'azallariga bastalangan (Aylagach, Guljamol, Bahor ayyomi, Mushkuldur, Yaxshilik, Na bo'ldi) ashulalar ijro etildi. San'at maktabi vakillari sahna ko'rinishi namoyish etdilar.