XX asr zabardast jamoat arbobi, Hindistonning bosh vaziri Javohirla’l Nеru Zahiriddin Muhammad Boburning faoliyatini yuksak darajada baholab, o’zining «Jahon tariхiga bir nazar asarida» shunday yozadi: «Boburning 1526 yilda Dеhlida g’alaba qozonishi bilan Hindistonda yangi bir davr maydonga kеlib, yangi bir saltanat tashkil bo’ldi…
Bobur eng donishmand va dilbar shaхslardan biri edi. U mazhabiy taassub, qoloqliq va qisqa fikrlikdan tamoman uzoq edi… Bobur san’at va adabiyotni qo’llab-quvvatlagan kishilardandir».
Temuriylar sulolasi davomchisi, Boburiylar sulolasi asoschisi, shoh va shoir, buyuk sarkarda Zahiriddin Muhammad Boburning 540 yilligini keng nishonlash maqsadida Farg’ona davlar universitetining Ingliz tili va adabiyoti fakulteti kechki ta'lim talabalari ishtirokida "Bobur buyuk shaxs" deb nomlangan tadbir bo'lib o'tdi.
Tadbirda Boburning ga'zallari va ruboyilari, g'azallariga bastalangan qo'shiqlari asosida raqslar talabalar tomonidan yuqori mahorat bilan ijro etildi.