Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

SHOHLARNING SHOIRI

17:34, 15.02.2023      

Bobur umrining oхirgacha mamlakatdorlik va saltanatdorlik bilan mashg’ul bo’lib, Hindistonda boburiylar saltanatiga asos soldi.

Albatta, bunday davlatdorlik ishlari o’z-o’zicha bo’lgan emas: turli хildagi iхtiloflar, ba’zan suiqasd uyushtirishlar, gohida g’alaba nash’asi, gohida esa mag’lubiyat o’kinchlari; uni tushunmasliklar va boshqalar ham sodir bo’lgan edi. Bunday hollarni «Boburnoma»ni sinchiklab mutolaa qilgan har bir kishi aniq tasavvur eta oladi. Bobur bularning hammasini mustahkam irodasi va ezgulikka erishish uchun chin ko’ngildan va g’ayrat bilan harakat qilgani tufayli еngib o’tdi. Natijada Bobur yirik va qobiliyatli davlat arbobi sifatida tinchlik-osoyishtalik, bahamjihatlik, adolatni o’rnatish, obodonchilik, madaniyat, ilm va adabiyotni rivojlantirish uchun o’zining nodir qobiliyatini va tashabbuskorligini safarbar etadi.

Bugun har bir o’g’il-qiz Zahiriddin Muhammad Boburdek buyuk ajdodlarning avlodlari ekanidan faxrlansa arziydi. Alloma tavalludining 540 yilligiga bag’ishlangan badiiy kechalar oliygohning barcha fakultet talabalari ishtirokida tashkil etildi. Xususan, Harbiy ta’lim fakultetining 3-bosqich talaba - yoshlari ishtirokida “Boburnoma” asaridagi voqealar asosida sahnalashtirilgan “Vatan isi” nomli spektakl namoyishi bo’lib o’tdi.