Keyingi yillarda o'zbek adabiyoti tarixi bo’yicha muammolar, adabiy-madaniy muhit haqidagi qarashlar va ularga munosabat, o'zbek mumtoz adabiyotiga kirish, mumtoz poetika, tarixiy-adabiy jarayonning taraqqiyot qonuniyatlari va ijtimoiy muhit bilan bog'liqligi, davr ijodkorlarining hayoti va ijodiy faoliyati bilan bog'liq masalalar chuqur o’rganib kelinmoqda.
Joriy yilning 14 fevral kuni Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan ''Bobur-dilbar shaxs'' nomli ko'rgazmali ochiq dars bo'lib o'tdi.
Ochiq dars davomida markaz tinglovchilar tomonidan Boburning hayoti va ijodi shuningdek, uning taniqli davlat arbobi bo’lish bilan birga, nihoyatda qobiliyatli va sermahsul ijodkor-shoir, yozuvchi, faylasuf, adabiyotshunos, tarix va boshqa fanlarning ham etuk allomasi bo’lgani, 47 yil umr ko’rgan bo’lsa-da, ammo u qoldirgan ilmiy-adabiy meros o’z salohiyati va ahamiyati jihatidan shunchalik buyukki, ana shu buyuklik Boburning jahoniy shuhrati va abadiyatini ta’minlaganligi to’g’risida fikr-mulohazalar o’rtoqlashildi.