Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

BOBUR KABI SEVING VATANNI!

18:35, 15.02.2023      

Yoz fasli, yor vasli , do’stlarning suhbati,

She’r bahsi, ishq dardi, bodaning kayfiyati.

Yoz faslida chog’ir ichmakning o’zga holi bor,

Kimga bu nash’a muyassar bo’lsa, bordur davlati.

Zahiriddin Muhammad Bobur umrining qarib 25 yilini Vatandan uzoqda o’tkazdi. Ammo u qaerda bo’lmasin hamisha vatan sog’inchi va vatan mehri bilan yashadi. U ulkan sulolaning asoschisi bo’lsada, qalbidagi Vatan sog’inchi uning qalbini tirnab, o’zini g’arib sezardi. Shuning uchun saltanatiga tashrif buyurgan vatandoshlarini chuqur ehtirom bilan qarshi olardi.

Talaba-yoshlar onggida vatanparvarlik, Vatanga muhabbat tuyg’ularini singdirish, milliy o’zlikni saqlash kabi qadriyatlarimizga hurmarni kuchaytirish hamda shoh va shoir, buyuk sarkarda Zahiriddin Muhammad Boburning 540 yilligini keng nishonlash maqsadida Agrar qo'shma fakulteti talabalari ishtirokida "Bobur kabi seving Vatanni" deb nomlangan tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirda Boburning ga'zallari va g'azallariga bastalangan qo'shiqlari talabalar tomonidan yuqori mahorat bilan ijro etildi.