Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

ULUG' SHOH VA SHOIR YODI

18:36, 15.02.2023      

Umrim hama firoqu hijronda o’tdi g’amu g’ussa bila,

Bu qimmatbaho umr arzon o’tdi ranju alamla,

Samarqandu Hirotda o’tmagan umr ayshu ishratla,

Afsus, Agrada vayrona bo’ldi jabru sitamla.

Bobur g’azaliyotining mavzusi, bir tomondan, mumtoz g’azalchilikda etakchi o’rin egallagan ishq mavzusi bo’lsa, ikkinchi tomondan, shoirning hayot hodisa-voqealaridan olgan taassurotlari: muvaffaqiyatlar shodiyonasi, muvaffaqiyatsizlik tufayli zamon va uning jafokorligidan nolish; o’zi tug’ilgan vatandan uzoqlashgani tufayli vatan va vatandoshlarini qo’msash, o’rni bilan pand-nasihat berish kabi mavzulardan iborat.

Shuning natijasida Bobur she’riyati, jumladan, g’azallarini mutolaa qilinar ekanmiz, shoir hayotiy va falsafiy mushohadalari, quvonchi, zavqi, muhabbati, o’kinch va sog’inichining ifodalanganligi guvohi bo’lamiz

“Boburxonlik” tadbirlari doirasida Fizika-texnika fakulteti tyutorlari tomonidan 4-sonli Talabalar turar joyida ulug' shoh va shoir - Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan g'azalxonlik kechasi tashkilladi.