Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

​BOBURXONLIK KECHASI

17:32, 16.02.2023      

“Saxovatli va mardligi, iste’dodi, ilm-fan, san’atga muhabbati va ular bilan muvoffaqiyatli shug’ullanishi jihatdan Osiyodagi podshohlar orasida Boburga teng keladigan birorta podshoh topilmaydi”, deya ingliz olimi Uilyam Erskiy tomonidan ulug’langan Zahiriddin Muhammad Bobur, o’zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, buyuk shoir , tarixchi, geograf, davlat arbobi, iste’dodli sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur millatimizning eng yorqin vakillaridan biri edi. U qoldirgan boy ma’naviy me’ros hamon yosh avlodga tarbiya maktabini o’tamoqda.

Buyuk alloma tavalludining 540 yilliga yurtimizning har bir go’shasidakeng nishonlanmoqda. Xususan, Farg’ona davlat universitetining Sirtqi ta'lim bo'limi Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi tomonidan shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan “Boburxonlik” kechasi o'tkazildi. Kechada Bu buyuk zotning hayoti va ijodiga oid sahnalar talabalar tomonidan mohirlik bilan ijro etdilar.