Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

​ILMIY XABARLAR

14:00, 17.02.2023      

Adabiyotda badiiy idrok etilgan zamon va makonaro uygʻunlikni xronotop (soʻzma-soʻz tarjimada “makon-zamon” degan maʼnoni bildiradi), deb ataymiz. Ushbu istiloh matematika ilmida Eynshteynning nisbiylik nazariyasi negizida qoʻllanilib keladi.

Adabiy-badiiy xronotopda makon va zamon alomatlarini bir butun holda va aniq idrok etish mumkin. Bu yerda vaqt quyuqlashadi, tigʻizlashadi, badiiy nigohga aylanadi; makon esa vaqt, syujet va tarix harakati doirasida jadallashadi hamda kengayadi. Zamon alomatlari makonda namoyon boʻlsa, makon zamonda oʻlchanadi va anglanadi. Badiiy xronotop tabiati mana shunday qorishiq alomatlar oqimida namoyon boʻladi.

Filologiya fakulteti, Adabiyotshunoslik kafedrasida bo’lib o’tgan ilmiy seminarda ham Hikmatoy Abdulhamidovaning filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun "Isajon Sulton romanlarida xronotop" mavzusida yozilgan dissertatsiyasi, kafedra muhokamasidan o'tkazildi.