Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

​“MUALLIFLIK HUQUQI OBYEKTLARINI DEPONENTLASH” MAVZUSIDA SEMINAR

14:02, 17.02.2023      

2022 yil 1-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 28-yanvardagi “Intellektual mulk obektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4965-son qarori bilan tasdiqlangan Intellektual mulk (ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutuqlari) sohasini rivojlantirish bo‘yicha 2021 — 2023 yillarga mo‘ljallangan amaliy ishlar ijrosi yuzasidan Dasturining 15.3 bandini hududlarda sohaviy “fan - ta’lim - ishlab chiqarish” integratsiyalashuvini ixtirochilar, innovatorlar, biznes-jamoalar, ta’lim va ilm yoshlariga maxsus axborotlar bazasi, boshqa axborot resurslardan foydalanishni o‘rgatish maqsadida Farg'ona davlat universitetida O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi tomonidan “Ixtiro va foydali modelga talabnoma tayyorlash, ish yuritish va ekspertiza jarayoni”, “Mualliflik huquqi obyektlarini deponentlash” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. Bunda universitetning Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazi vakili amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha “Intellektual mulk markazi” hodimlariga axborot berdi.

“Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi hodimlari tomonidan universitetning professor-o’qituvchilari va tadqiqotchilariga ixtiro va foydali modelga talabnoma tayyorlash, ish yuritish va mualliflik huquqi obyektlarini deponentlash bo’yicha amaliy tavsiyalar berdi.