Kiber xavfsizlik degandaelektron ma’lumotlarning mahfiyligini buzilish yoki o’g’irilikdan saqlanishini ta’minlash chora tadbirlar tishuniladi. Bundan tashqari ushbu qurilmalar va ma’lumotlar noto’g’ri ishlatilmasligiga ishonch hosil qilish uchun foydalaniladi. Kiber xavfsizlik dasturiy ta’minot va internetdagi ma’lumotlarga ham tegishli bo’lib, shaxsiy ma’lumotlardan tortib murakkab davlat tizimlariga qadar himoya qilish uchun ishlatilishi mumkin.
Farg'ona shahar prokurori o'rinbosari D.Kuldashev va shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig'ining 1-o'rinbosari podpolkovnik E.Xaydmatovlar ishtirokida Farg’ona davlat universitetning Tarix fakultetida talaba-yoshlar bilan bo’lib o’tgan uchrashuvda ham ayni fikrlar ta’kidlandi. Shuningdek, ma’sullar tomonidan kiberxavfsizlik to’g’risidagi qonunning mazmun-mohiyati tushuntirildi.