Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 438
  • Ko`rib chiqilganlar 405
    • Takliflar 57
    • Arizalar 340
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

​"GIYOHVANDLIK – SOG’LIK KUSHANDASI"

09:59, 18.02.2023      

Giyohvandlik – XXI asrning global muammolaridan biriga aylanib ulgurdi. U insonlarning osuda hayotiga raxna solib, ongini o’ziga bo’ysunduruvchi zahri qotildir. Asr vabosi nomini olgan ushbu ajal urug’i shunday qurolki, o’z domiga ilintirgan odamni razolat dunyosiga yetaklaydi va bu jarayonda inson jamiyatdagi o’rnini yo’qota boshlaganini anglamay qoladi. Undan tug’ilajak farzandlar esa ota-onasining xatosi oqibatida bir umrga majruhlik qismatiga mubtalo bo’ladilar.

Inson hayotda yashar ekan, yaxshilikka intilik, yomonlikdan qaytib yashashga harakat qiladi. Talaba-yoshlar o’rtasida turli jinoyatchiliklar hamda giyohvandlikka qarshi kurashni oldini olish maqsadida oliygohning profilaktika inspektori- kapitan G'.Mirzayev hamda Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti jamoasi ishtirokida "Giyohvandlik –sog'lik kushandasi" mavzusida ochiq muloqot o‘tkazildi.