Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

​SIYOSIY PARTIYALAR BILAN HAMKORLIK

14:43, 18.02.2023      

Yurtimizda boshqa sohalar qatori ekologik barqarorlikni ta’minlash, aholining qulay tabiiy muhitga ega bo‘lishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, tabiiy resurslardan oqilona va samarali foydalanish, yuzaga kelayotgan ekologik muammolarning oldini olishva ularning salbiy oqibatlarini bartaraf etish masalalariga ham jiddiy e’tibor qaratib kelinmoqda.

Yosh avlod ongida ona tabiatni asrab-avaylash, unga daxldorlik hissini kuchaytirish va yoshlarni ekologik savodxonligini oshirish maqsadida O'zbеkiston Ekologik partiyasi Farg’ona viloyat Kеngashi va Farg’ona davlat universiteti hamkorligida vodiyda mavjud ekologik muammolarni bartaraf qilish, profеssor olimlarning ilmiy tavsiyalarini olish maqsadlariga qaratilgan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi.

Anjumanda aholining ekologik madaniyatini oshirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ularni atrof-muhitni muhofaza qilish ishlariga jalb etishga qaratilgan o’rgatish, ekologik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan ma’ruzalar yuzasidan fikr-mulohazalar tinglandi va kelgusidagi bajarilishi ko’zda tutilgan ishlar rejasi kelishib olindi.