Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

​MAGISTRLAR BILAN UCHRASHUV

11:28, 20.02.2023      

Talabalikning oltin davrida magistr bo‘lishni orzu qilgan yoshlar ko'pchilikni tashkil qiladi. O‘z mutaxassisligi bo‘yicha ilmiy izlanish yo‘lini tanlagan bu talabalar har bir oliy ta’lim muassasasining asosiy boyligidir.

Xususan, bugun Farg‘ona davlat universitetida bo‘lib o‘tgan uchrashuv ham aynan magistrlar ta’limi masalalariga bag‘ishlandi.

Uchrashuvda ta’kidlanganidek, yoshlarimizga yaratilgan qulaylik sifatida 2022/2023-o‘quv yili uchun davlat oliy ta'lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga yanvar oyi qabuli tashkillanganligi Farg‘ona davlat universitetida ham ikki yuzdan ortiq talabalar uchun quvonchli voqelik bo‘ldi.

Ular bu jarayonga qadar magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tdilar. Uchrashuvda yoshlar magistraturaga qabul natijalarini magistr.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabineti orqali bilib borganliklari va bu ular uchun ham masofa, ham vaqt borasida yanada qulay imkoniyat yaratganini ta’kidladilar.

Uchrashuv davomida magistrlarning ta’lim jarayoni, o‘qish shakli va tartibi, amaliyot ishlari, ularning mehnat huquqlari, vazifalari, oliygohning ichki tartib-tamoyillari xususida batafsil tushunchalar berildi. Bu borada ishtirokchilar tomonidan berilgan har bir savollarga universitet rahbariyati vakillari to‘liq javob berdilar.