Oʻzbek xalqining dovrugʻini dunyoga taratgan ulugʻ ajdodlarimizdan biri Zahiriddin Muhammad Bobur, yoshlarni tariximizni qadrlashga, kelajakka buyuk ishonch bilan qarashga oʻrgatadi.Undagi ziyraklik, sadoqat, vatanparvarlik tuyg’ulari yosh avlod qalbiga ko’chib bugun yoshlarimiz orasida Vatani taqdirini o’zining taqdiri deb bilib, uning ravnaqi yo’lida barchaga o’rnak bo’lmoqdalar.
Boburxonlik tadbirlari doirasida Farg’ona davlat universitetining Ingliz tili va adabiyoti fakulteti jamoasi va 3-sonli Talabalar turar joyida yashovchi talabalar ishtirokida universitet "Book Cafe" markazida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligiga bag'ishlangan badiiy-adabiy kecha o'tkazildi. Tadbirda sahna ko'rinishi va raqslar ijro etlib, g'azallar aytildi. Fakultetlararo turli qiziqarli viktorinalar o'tkazildi.