Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

​BOBURXONLIK HAFTALIGI

13:06, 20.02.2023      


Hind davlat arbobi Javoharlaʼl Neru ta’biri bilan aytganda, “Bobur – dilbar shaxs, Uygʻonish davrining tipik hukmdori, mard va tadbirkor odam boʻlgan. U sanʼatni, adabiyotni sevardi, hayotdan huzur qilishni yaxshi koʻrardi. Uning nabirasi Akbar yana ham dilbarroq va koʻp yaxshi fazilatlarga ega boʻlgan. Mard, jasur, isteʼdodli lashkarboshi, rahmdil, shafqatli, idealist va xayolparast, shu bilan birga, u harakatchan, oʻz ishini davom ettiruvchilarning sadoqatiga sazovor boʻlish uchun intiluvchi odam boʻlgan”.Darhaqiqat, boburning shaxsiy fazilatlari farzandlari, nabiralari bilan birga uning kelajak avlodlariga ham o’tib kelmoqda.

Bugunning yoshlari orasida yuragi sherdek mard-jasur, Vatanparvar, sadoqatli o’g’lonlar yetishib chiqib, Boburning hayoti va ijod olami ularning kelajakni oldindan ko’rib, istiqbolli rejalarni puxta qilishlari uchun katta maktab vazifasini o’tamoqda.

Boburxonlik tadbirlari doirasidaMatematika – informatika fakultetida Boburxonlik haftaligi doirasidabuyuk shox va shoir Zahiriddin Muxammad Bobur tavalludining 540 yilligiga bag'ishlangan "Siz Boburni bilasizmi?" deb nomlangan viktorina tashkillandi.Viktorinada fakultet talabalari faol ishtirok etdilar.