Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

PROFILAKTIK TADBIRLAR

11:19, 03.02.2023      

Bugun rivojlanishlar sari olg’a borayotgan jamiyatimizda inson, uning qadr-qimmati, huquq va erkinliklari oliy qadriyat sifatida tan olinganiga barchamiz guvohmiz. Ushbu tengsiz qadriyatlarning daxlsiz bo’lishi chora-tadbirlar ishlab chiqarish mustaqil davlatimizning asosiy maqsadlaridan biriga aylangan.

Mamlakatimizda o’tgan davr mobaynida jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning profilatikasini takomillashtirishga qaratilgan keng ko’lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Farg’ona davlat univеrsitеt bo’lib o’tgan tadbir mavzusi ham “Voyaga yеtmaganlar jinoyatchiligi tushunchasi, tahlili va uni oldini olish choralari” profilaktikasiga bag’ishlandi.

Tadbirda oliygoh rahbariyati, Farg'ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tеrgov boshqarmasi majburiy ijro bo’limi tеrgovchisi, podpolkovnik J.Ergashеv boshchiligidagi soha mutasaddilari hamda talaba - yoshlar ishtirok etdilar.

Unda huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash hamda oldini olish bilan bog’liq ishlar samaradorlini oshirishda yoshlarimizni ogohlikka chorladilar.