Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

“ZO’RAVONLIKKA QARSHI BIRGALIKDA KURASHAMIZ”

11:21, 04.02.2023      

Mamlakatimizda “Zo‘ravonlikka qarshi birgalikda kurashamiz” shiori ostida o’tkazilayotgan tadbirlar doirasida Tabiiy fanlar fakulteti talaba-qizlar o'rtasida davra suhbati o'tkazildi.

Davra suhbatida gender masalasi, xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonliklardan himoya qilish, bunday sitamlarni boshidan kechirgan ayollarning huquq-tartibot idoralariga murojaat qilmaslik holatlariga barham berish, tegajog‘lik bilan bog‘liq illatlar kabi muammolar o‘rtaga tashlandi. Mazkur holatlardan qutulish bo‘yicha xalqaro ekspert va mutaxassislar, ushbu masalalar bo‘yicha mutasaddilarning taklif va mulohazalari tinglandi.

Shuningdek, barcha manfaatdor idoralar gender asosidagi zo‘ravonlikka qarshi kurashni takomillashtirish, ta’sirchan usullarni joriy etish, bu borada soha mutaxassislarining salohiyatini oshirish, xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarish uchun samarali hamkorlikka chaqirildi.