Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

HARBIY TA'LIM FAKULTETIDAN MASTER-KLASS

11:23, 22.02.2023      

Vatan uchun ko’ksini qalqon qiladigan, unga sadoqat bilan xizmat qiladigan jismonan sog’lom, ma’nan yetuk farzandlarni voyaga yetkazish har bir insonning muqaddas burchidir. Yoshlarimiz onggida vatanparvarlik tuyg’usini rivojlantirish va shu ruhda tarbiyalashda yetuk kadrlarni tayyorlashmaqsadida Rishton tumani xalq ta’limi bo’limigaqarashli umumta’lim maktablarining “Chaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorgarlik” fani rahbarlari uchun Farg’ona davlat universitetining Harbiy ta‘lim fakulteti ma’sullari tomonidan 6 soatlik o‘quv kursi tashkillanidi.

Mazkur o’quvda ularga fakultet o‘quv moddiy bazasi bilan tanishdilar.

Shuningdek, ular uchun master- klass darslari tashkillanib, unda o’zining harbiy sohadagi bilim va salohiyati yuqori deb topilgan 31 nafar “Chaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorgarlik” fani rahbarlariga fakulteti boshlig‘i, polkovnik I.Saidov tomonidan sertifikatlar topshirildi.