Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 514
  • Ko`rib chiqilganlar 481
    • Takliflar 61
    • Arizalar 402
    • Shikoyatlar 51
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

"BU BIZNING TALABA"

18:13, 22.02.2023      

Yurtimizda milliy qadriyatlarimizni e’zozlash orqali yoshlar qalbida Vatanga muhabbat ruhini kuchaytirishga jiddiy e’tibor berilmoqda. Xususan, talabalarning madaniy va ma’rifiy tushunchalarini yanada rivojlantirish, ularni jismoniy jihatdan barkamol qilib tarbiyalash birinchi galdagi asosiy vazifalardan deb belgilanib, unda yoshlarni jismonan tarbiyalash, iqtidorli sportchilarning mahoratini oshirish, xalqaro maydonlarda nufuzli sport natijalariga erishish imkoniyatlarini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Universiada sport musobaqalari doirasida Toshkent viloyatida bo'lib o'tgan sportning Belbog‘li kurash turi bo`yicha “Universiada-2022” musobaqalarining final bosqichida Farg’ona davlat universitetining Jismoniy madaniyat fakulteti 22.48-guruh talabasi Sadullo Mo‘minov faxrli 2 o‘rinni, 20.48-guruh talabasi Diyorxo‘ja Mo‘ydinov 3 o‘rinni egalladi!