Sog’lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish to’g’risidaga chora-tadbirlar rejasini ta’minlash maqsadida mamlakatimiz bo’ylab turli ommaviy sport musobaqalari o’tkazib kelinmoqda. So’nggi yillarda respublikamizda aholi orasida rivojlanib borayotgan stol tennis sport musobaqalari bugungi kunga kelib, ko’plab yigit-qizlarni o’zida qamrab oldi.
Xususan, yoshlarni bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish va sog’lom turmush tarzini rivojlantirish maqsadida Farg’ona davlat universitetining talabalar turar joylarida istiqomat qiluvchi talaba-yoshlar o'rtasida sportning stol tennisi bo'yicha musobaqalarga start berildi. Dastlabki saralash o'yinlari 1-sonli Talabalar turar joyidan boshlandi.
Ushbu musobaqalarning final bosqichi 3-mart kuni o’tkazilishi rejalashtirilgan.