Futbol bu chinakam atlеtik o`yin. U tеzkorlik, chaqqonlik, kuchlilik va sakrovchanlikni rivojlantirishga yordam bеradi. Futbolchi o`yin paytida xaddan tashqari ko`p ish bajaradi. Bu esa odamning funktsional imkoniyatlari darajasini oshirishga, ma`naviy, irodaviy xislatlarini tarbiyalashga yordam bеradi. Futbol o`ynash umumiy jismoniy tayyorgarlik ko`rishda yaxshi vosita bo`lib xizmat qila oladi.
Sog’lom turmush tarzini rivojlantirish tadbirlari doirasida talaba-yoshlarni o’tasida sportni rivojlantirish handa ularning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlarini ta’minlash maqsadida Farg’ona davlat universitetining Matematika-informatika fakulteti talaba-yigitlari o‘rtasida “Yangi O‘zbekiston yoshlari!” shiori ostida sportning mini-futbol turi bo‘yicha musobaqaga start berildi.