Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 438
  • Ko`rib chiqilganlar 405
    • Takliflar 57
    • Arizalar 340
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

“BIZ SOG’LOM TURMUSH TARAFDORIMIZ”

18:18, 22.02.2023      

Stol tennisining Vatani Angliya bo’lib, u 19-asrda paydo bo’lgan. Ilk bora odamlar raketka o’rnida qo’llarida va qopqoqlardan, keyinchalik kitoblardan foydalanganlar. Ushbu o’yin rivojlanib, ommalashgandan so’ng, maxsus rakatkalarda o’ynala boshlandi.

Butun dunyo bo’yicha sportning sevimli turiga aylanib ulgurgan ushbu o’yin O’zbekistonda ham ancha taraqqiy etigan.. Sportchidan o’ta ziyraklik va tezkorlikni talab qiluvchi ushbu sport turi bilan asosan yoshlar shug’ullanib keladilar.

Yoshlarni bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari va ularni sport mashg’ulotlariga qiziqishlarini orttirish maqsadida Agrar qo‘shma fakultetida giyohvandlikka qarshi kurashish oyligi doirasida “Biz sog’lom turmush tarafdorimiz” shiori ostida sportning stol tennis turi bo‘yicha talabalar o‘rtasida guruhlar aro sport musobaqalari o‘tkazildi hamda turnir g‘olib va g‘olibalari saralab olindi.