Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 438
  • Ko`rib chiqilganlar 405
    • Takliflar 57
    • Arizalar 340
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

IJARA XONADONLARIDA PROFILAKTIK TADBIRLAR

09:46, 24.02.2023      

Talaba-yoshlarni darsdan bo’sh vaqtlarini qanday o’tkazayotganliklarini nazorat qilish, ular yashayotgan ijara xonadonlardagi ijtimoiy muhitning sog’lomligini aniqlash, talabalarga yaratilgan shart-sharoitlarni o’rganish hamda ularning qay darajada gigiyena talablariga javob berishi kabi masalalarni o’rganish maqsadida oliygohning profilaktika inspektori M.Kamolova boshchiligida ijara xonadonlarida profilaktika tadbirlari tashkil etildi.

Tadbir davomida Fizika-texnika fakulteti, Filologiya fakulteti jamoalari ishtirokida ijara xonadonlarida istiqomat qiluvchi talaba-yoshlarning yashash sharoiti, ularga yaratilgan imkoniyatlar bo’yicha o’rganishlar olib borildi.

Shuningdek, talabalarning kayfiyati, ozodalik, texnika havfsizligi qoidalariga qay darajada rioya qilayotganliklari o’rganilib, ular bilan yaqindan suhbatlashdilar. Suhbat davomida mutasaddilar tomonidan tegishli tavsiyalar berildi.