Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 438
  • Ko`rib chiqilganlar 405
    • Takliflar 57
    • Arizalar 340
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

AMALIYOT JARAYONLARI

10:22, 25.02.2023      

Ayni kunlarda, kunlar ilib, Agrar sohadagi ishlar qizg’in tus olishi munosabati bilan Agrar qo'shma fakultetningtalabalari Asalarichilik uyushmasi hamda Farg'ona davlat universiteti qoshidagi "Asalarichilik va dorivor o'simliklar innovatsion o'quv markazi"ida malakaviy amaliyot olib bormoqdalar.

Amaliyot davomida, fermer xo‘jaliklarida, chorvachilik komplekslarida, agrosanoat korxonalarida hayvonlarga qarash, ularning semirishini nazorat qilish, buzoq olish, qo‘ychilikda – qo‘ylarni qirqish, vaksinatsiya qilish davrida va boshqa veterinariya tadbirlarini o‘tkazishda mutaxassislarga yordam ko‘rsatish, em-xashak tayyorlash va oxirlarga taqsimlab solish meyorlarini , hayvonlar saqlanadigan molxonalarni zararkurandan zararsizlantirish kabi ishlarni amaliyotda sinamoqdalar.

Chorvachilik xo‘jaliklarida hayvonlarning eng yaxshi zotlarini saralash, chatishtirishni rejalashtirish, boqishda ilmiy tavsiya etilgan ratsionlarni sinovdan o‘tkazish, hayvonlarning yangi zotlarini yaratishda ishtirok etish kabi amaliyotlarda ham faol qatnashmoqdalar.