Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

"JAHOLATGA QARSHI MA'RIFAT"

10:30, 25.02.2023      

Hozirgi globallashuvning shiddatli tus olishi dunyo miqyosida g‘oyaviy-mafkuraviy tahdidlarning tobora avjiga chiqishiga zamin yaratmoqda. Mana shunday bir sharoitda tinchlik, barqarorlikni saqlashda ma’naviyat va ma’rifatga e’tibor qaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu haqda fikr yuritganda, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev qayd etganidek: “Biz ma’naviyat va ma’rifat ishini vatanparvarlik ishi, vijdon ishi, deb bilamiz. Vijdoni, ma’naviyati bor inson Vatanni, albatta, yaxshi ko‘radi. Vijdon, ma’naviyat degani – xalqqa, Vatanga chin yurakdan xizmat qilish deganidir. Mana shunday qarash butun xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz tomonidan keng va qizg‘in qo‘llab-quvvatlanayotgani ma’naviy tarbiyaning naqadar dolzarb ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi”.

Yurtboshimizning ushbu so’zlarida yoshlarning ma’naviy tarbiyasini sog’lom rivojlantirish jamiyat kelajagi uchun qay darajada muhim ahamiyat kasb etishini anglashimiz qiyin emas. Zero, millatimiz va xalqimiz mentalitetini o‘zida namoyon etuvchi buyuk ma’naviyatimizni asrash xalqimiz taqdiri va kelajagi, hayot-mamotimiz vazifasi ekanligini anglash o‘ta muhim vazifadir.

Farg'ona shahridagi Islom karimov nomidagi teatr konsert saroyida Farg'ona viloyatidagi barcha oliy ta'lim muassasalari talabalari ishtirokida bo'lib o'tgan “Jaholatga qarshi ma’rifat” nomli tadbirning bosh maqsadi ham yoshlar ongida yot g’oyalarga qarshi ma’rifat bilan javob berishga o’rgatishdan iboratdir.

O’zbekiston Respublikasi Diniy ishlar qo’mitasi vakillari ishtirokidagi mazkur muloqotda yoshlarning yot g'oyalar va turli oqimlarga qarshi qarashlari o'rganildi. Suhbatlar va savol-javoblar orqali talabalarning diniy dunyoqarashlari tinglandi.