Mamlakatimizda ulkan o’zgarishlar ro’y berayotgan, yoshlar jamiyat hayotida tobora faollashib, o’z o’rniga ega bo’lib borayotgan bir vaqtda ayrim irodasi sust o’smirlarimiz giyohvandlik balosiga mubtalo bo’layotgani barchamizni tashvishga soladi. Zero, og’u inson jismini qanchalik xarob qilsa, xuddi shunday jamiyatga ham mislsiz darajada zarar etkazadi. Asr vabosi deb atalayotgan bu illat tinch-totuv yashayotgan oilalarni buzilishi, bolalarni etim qolishi, muhtojlik, qashshoqlik kabi ayanchli holatlarni kelib chiqishiga sabab bo’lmoqda.
Talaba-yoshlarni o’rtasida yot g’oyalarga qarshi, sog’lom turmush tarzini targ’ib etish hamda ularning bosh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlarini ta’minlash maqsadida Farg’ona davlat universitetining Filologiya fakulteti tyutorlari tomonidan talabalar o‘rtasida besh muhim tashabbus ijrosini taminlash, ularning bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish, shu bilan birga, sog‘lom turmush tarzini targ’ib qilish maqsadida “Yoshlar - jinoyatchilik va giyohvandlikka qarshi!” shiori ostida sport musobaqasi o‘tkazildi.