Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

“ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR IJODI VA JAHON MADANIYATI”

16:41, 25.02.2023      

Dunyoningqaysi burchiga bormang, ajdodlarimiz merosiga ro’baro kelamiz.

Ayniqsa, XIV-XV asrlarda Markaziy Osiyoda vujudga kelgan ijtimoiy-siyosiy muhit jahon sivilizatsiyasida alohida ahamiyatga ega. Temuriylar barpo etgan buyuk saltanatda ilm-ma’rifat, riyoziyot, astronomiya, adabiy muhit yanada ravnaq topdi. Temuriy shahzodalari ilm-ma’rifatga alohida e’tibor qaratib, astronomiya va falakiyotshunoslikda Mirzo Ulug’bek o’zidan katta meros qoldirgan bo’lsa, Temuriyzoda Zahiriddin Muhammad Bobur o’zbek mumtoz adabiyoti, jug’rofiya, tarix voqeligini muhrlashda katta mavqega erishdi. Uning “Boburnoma” memuar asari avlodlarga ulkan ma’naviy xazinadir. Mana besh yuz yildan ortiq vaqt o’tsada, asarni o’rganib, izlanuvchilar soni kamaygani yo’q.

Ayni paytda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligiga bag’ishlangan tadbirlar doirasida Farg'ona davlat universiteti vakillari - Chet tillari fakulteti dekani M.Mamajonov, Tilshunoslik kafedrasi professori Sh.Iskandarova, kafedra dotsenti M.Amonov, ingliz tili kafedrasi dotsenti D.Ganiyeva hamda Adabiyotshunoslik kafedrasi katta o'qituvchisi M.Hamidovlar Qozog'iston Respublikasida o'tkazilayotgan "Zahiriddin Muhammad Bobur ijodi va jahon madaniyati" mavzudagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada qatnashmoqdalar.

Ushbu konferensiyada O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Turkiya, Hindiston davlatlaridan kelgan olimlar, shoirlar, yozuvchilar, shuningdek, O'zbekistonning Qozog'istondagi favqulodda va muxtor elchisi Sayidikrom Niyozxodjayev, Qozog'iston "Do'stlik"hamjamiyati raisi Ikrom Xoshimjonov hamda bosh konsul Abror Farxullayev ishtirok etdilar.

Konferensiyadan so'ng vakillarimiz J.Tashenov nomidagi universitet faoliyati bilan tanishdilar.