Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

BESHTA MUHIM TASHABBUS DOIRASIDA

16:44, 25.02.2023      

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish” bo’yicha 5 ta muhim tashabbuslardan biri – aholi va yoshlar o’rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish yo’nalishining ijrosini ta’minlash maqsadida Matematika-informatika fakulteti talaba-yoshlariga IT-Park rezidentligidagi Farg’ona IT-Universe Akademiyasi mutaxassislari bilan hamkorlikda ajoyib tadbir tashkil etildi.

Tadbirda O’zbekiston Respublikasi IT-Park rezidentligidagi Farg’ona IT-Universe Akademiyasi rahbari va menedjerlar guruhi tomonidan “Aholi va yoshlar oʻrtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan” targ‘ibot dasturi bilan ishtirok etishdi. Shuningdek, talaba-yoshlar o’rtasida ijtimoiy tarmoqlar hamda internet tarmog’idan foydalanish madaniyati haqida ma’lumotlar berildi.