Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

​“BIZ GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZ”

11:52, 27.02.2023      

Sog`lom turmush tarzi eng avvalo oiladagi tarbiyadan boshlanib yoshlarning bugungi kundagi asr vabosi hisoblanmish OITS va OIVga kasalliklariga chalinishlarini nafaqat oldini olish, balki yoshlarda bu kasalliklarga qarshi kurashishning mafkuraviy immunitetini shakllantirish barchamizning jamiyat taraqqiyoti yo`lidagi burchimizdir.

Yoshlarni to’g’ri yo’lidan adashmasliklari, bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlarini ta’minlash maqsadida Pedagogika-psixologiya fakultetida "Biz giyohvandlikka qarshimiz" mavzusida Farg'ona shahar Ichki ishlar bo’limi xodimlari hamda universitet profilaktika inspektorlari ishtirokida tadbir bo'lib o‘tdi.

Unda mutaxassislar tomonidan giyohvandlikka ruju qo'yishning ayanchli oqibatlari misollar bilan tushuntirib berildi. Uchrashuv davomida talaba yoshlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi.Uchrashuv yakunida, giyohvandlikka qarshi murosasizlik hisini yanada rivojlantirish maqsadida, “O'zini yo'qotganlar” nomli videofilmlar namoyish etildi.