Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 438
  • Ko`rib chiqilganlar 405
    • Takliflar 57
    • Arizalar 340
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

​BIZNING G'OLIB TALABALAR

11:56, 27.02.2023      

So‘nggi yillarda mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar ko‘lami anchagina salmoqli. Endilikda, mamlakatimizda jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish uchun keng sharoitlar va imkoniyatlar yaratilmoqda.

Bu borada Farg’ona davlat universitetida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb qilish borasida qator chora-tadbirlar belgilab olingan bo’lib, uning bosh maqsadi talaba-yoshlarni salomatligini mustahkamlash va ularni bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlarini ta’minlashdan iboratdir.

Ilm bilan birga sportga qiziquvchi talabalarimizdan biri Matematika-informatika fakultetining 22/07-guruh talabasi Abdulatipova Zarnigor, shaxmat bo‘yicha 18 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan O‘zbekiston chempionatida munosib ishtirok etib, 4 tur bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.