O'zbekiston volontyorlar mentori va Eko mentorlar tayyorlash maqsadida 13-18- fevral kunlari Toshkent shahrida "Markaziy Osiyodagi Ijtimoiy innovatsiyalar" dasturi doirasida Yevrosiyo jamg‘armasi va AQSh xalqaro rivojlantirish agentligi (USAID), O'zbekiston volontyorlar assotsiatsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan moliyalashtirilgan o'quv-seminar bo'lib o'tdi.
Uch bosqichli tanlovdan o'tgan ishtirokchilar safida bizning talabalar
- Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi - Tohirov Husniddin;
- Chet tillari fakulteti talabasi - Aliyeva Shahnoza;
- Maktabgacha va boshlang‘ich ta'lim fakulteti talabasi - Nigina Asqarova;
- Pedagogika va Psixologiyafakulteti talabasi - Tohirova Maftunaxonlar 5 kun davom etgan o'quv seminarini muvaffaqiyatli tamomlab, UVA mentori va Eko mentor sertifikatini qo'lga kiritishdi.