Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 438
  • Ko`rib chiqilganlar 405
    • Takliflar 57
    • Arizalar 340
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

​“SOG’ TANDA – SOG’LOM AQL”

12:48, 27.02.2023      

O’rganishlar va tahlillar natijalari shuni ko’rsatmoqdaki, inson salomatligi uchun sog'lom turmush tarziga rioya qilgan holda jismoniy tarbiya mashg'ulotlari va jismoniy mashqlar bilan shug'ullanish samaradorligi yuqori bo'lishini ko'rsatdi. Har doim jismoniy harakatda bo'lish salomatlik garovdir.

Bugungi kunda Beshta muhim tashabbus doirasida yoshlarni jismoniy chiniqtirish ularni sport sohasida qobiliyatlarini nomoyon qilishlari uchun Farg’ona davlat universitetida barcha zaruriy sharoitlar yaratilgan bo’lib, oliygoh talabalarining bosh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlarini ta’minlashga xizmat qilib kelmoqda.

Turli ziddiyatlar kuchayib borayotgan bugungi dunyo manzaralarida yoshlarimizning ma'naviy immunitetini kuchaytirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish har qachongidan ham dolzarbdir.

Bugun 5-sonli talabalar turar joyida Tarix fakulteti tyutorlari tomonidan"Sogʼ tanda-sogʼlom aql" shiori bilan toʼgarak mashg'ulotlari boʼlib oʼtdi.