Odam savdosiga qarshi kurash borasida aholining turli qatlamlari, ayniqsa, ayollar va voyaga yetmagan shaxslarga odam savdosi kabi illatning farovon turmush-hayotimizga soladigan xavfi va salbiy oqibatlari to‘g‘risida tushuntirish ishlarini olib borish, ya’ni, aholining gavjum joylarida, mahallalarda, turli xil ta’lim muassasalarida, davlat idoralari, korxona, muassasa, tashkilotlarda targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borish, keng tushuntirish ishlarini amalga oshirish, ularda huquqiy ong va huquqiy madaniyatini oshirish asosiy vazifalardan biridir.
Farg’ona davlat universitetining Chet tillari fakultetida o’tkazilgan tadbirning mazmuni ham talaba-yoshlar o’rtasida huquqiy madaniyatni oshirish va odam savdosiga qarshi kurashishga qaratildi.
Tadbirda Farg‘ona viloyati Ichki ishlar bo’limi tezkor qidiruv hamkorlik jinoyat qidiruv bo’limi hamkorligida Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘limi xodimi mayor G. Kambarova ishtirokida "Odam savdosi — davr muammosi" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Suhbat davomida mutaxassis tomonidan talabalarga odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha to‘liq ma'lumotlar berildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.