Xalqimizningerkin va farovon hayot kechirishi va bugungi kunidan rozi bo’lishi uchun davlatimiz rahbari tashabbusi bilan bir qator vazirlik va idoralar tomonidan tunu-kun mehnat qilinayotgan bir vaqtda ayrim irodasi sust o’smirlarimizgiyohvandlik balosiga mubtalo bo’layotgani barchamizni tashvishga solidi.
O’ylamay bosilgan qadam ko’p hollarda afsus-nadomatga sabab bo’ladi. Aholi o’rtasida muntazam olib borilayotgan profilaktik targ’ibot va tushuntirish ishlariga qaramasdan, hududlarda huquqbuzarlik va jinoyatlar soni kamaygani yo’q.
Talabalar-yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sog’lom ma’naviy muhitni yanada rivojlantirish maqsadida oliygohning Tabiiy fanlar fakultetida biologiya yo‘nalishi 1-bosqich talabalari ishtirokida "Biz giyohvandlikka qarshimiz" mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Seminarda so’z olgan universitetning profilaktika ishlari noziri, podpolkovnik M.Kamolova giyohvandlikning salbiy oqibatlari to’g’risida so’zlab talabalarni turli jinoyatchiliklardan ogoh bo’lishga chaqirdi.