Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

PROFILAKTIK TADBIRLAR

18:14, 27.02.2023      

Yurtimizda aholining tinch-osoyishta hayot kechirishini ta'minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, shuningdek, boshqa hayotiy muhim masalalarni hal etish bo'yicha keng ko'lamli harakatlar olib borilayotgani, jamiyatimizda barpo etilayotgan yangi tizimning ijobiy natijalar berayotganiga bugun barchamiz guvohmiz.

Shu bilan birga, barcha sa'y-harakatlarga qaramasdan, huquqbuzarliklar profilaktikasi bo'yicha kamchiliklar hali ham ochrayotgani, ularni bartaraf etish va sohadagi ahvolni o'nglashda davlat idoralari, mahalla faollari va boshqa jamoatchilik tuzilmalarining hamjihatligini yanada mustahkamlash muhim masalalardan biridir.

Bu kabi profilaktik tadbirlar doirasida yoshlar o’rtasida turli jinoyatchiliklarni oldini olish maqsadida Farg’ona davlat universiteti ham samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Pedagogika-psixologiya fakultetida talabalar o'rtasida huquqbuzarlik holatlarining oldini olish mavzusida davra suhbati tashkillandi. Farg’ona davlat universitetining Ichki ishlar bo’limi profilaktika inspektori kapitan G.Mirzayev tomonidanmazkur holatning oqibatlari tushuntirilib, hujjatli film ham namoyish etildi.