Kitob − umr yo'llarini yorituvchi so'nmas nur, inson hayotiga mazmun baxsh etuvchi saodat manbai, unga har qanday vaziyatda ham hamroh bo'lguvchi sodiq do'stdir.
Yoshlar ishlari agentligi Fargʻona viloyati boshqarmasi hamda Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi tomonidan Farg’ona davlat universiteti talabalar turar joyi uchun, 600 dona eng sara kitoblar sovgʻa qilindi.
Universitet rahbariyati tomonidan talabalar turar joylarida maxsus kutubxona tashkil etilgan hamda talabalarning foydalanishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Talaba-yoshlarga kitoblar jamlanmasi Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarma boshlig'i M.G'aniyev Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor P.Otaqulov tomonidan topshirildi.
Eng sara asarlardan tashkil topgan kitoblar jamlanmasi, talaba-yoshlarning yanada kitobni sevishi va ardoqlashi uchun hizmat qiladi.