UNIVERSITETDA 7-SONLI KENGASH YIG'ILISHI
13:14, 28.02.2023
Farg‘ona davlat universiteti Kengashining 7-sonli yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish avvalida O'zbekiston taqdiriga o'z taqdirini tutash bilib, Farg'ona davlat universiteti sha'ni uchun munosib harakat qilayotgan, ilmiy yutuqlar va yuksak darajalarga erishgan professor-o‘qituvchilar, shuningdek, o‘z bilimi va iqtidori bilan yoshlarga o‘rnak ko‘rsatayotgan talabalar munosib taqdirlandilar.
Xususan,
- -Botanika va biotexnologiyalar kafedrasi dotsenti Davidov Maxmudjon Adxamovich – Dotsent ilmiy unvoni bilan;
- -Filologiya fanlari doktori (DSc)Boshlang'ich ta'lim kafedrasi katta o'qituvchisi Zokirova Soxiba Muxtoraliyevna – Fan doktori ilmiy darajasi bilan;
- -Filologiya fanlari doktori (DSc)tilshunoslik kafedrasi katta o'qituvchisi Dusmatov Xikmatillo Xaitboyevich – Dotsent ilmiy unvoni bilan;
- shuningdek, 14 nafar pedagog-o’qituvchilar:
- -Matematik analiz va differentsial tenglamalar kafedrasi o'qituvchisi Xalilov Qobiljon Solijonovich – Fizika-matematika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD);
- -O'zbekiston tarixi kafedrasi o'qituvchisi Oxunjonova Shaxodat Yusubjon qizi – Tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD);
- -Ingliz tili kafedrasi o'qituvchisi Dadaboyeva Shirin Shuxratovna – Filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD;
- -Nemis va frantsuz tillari kafedrasi o'qituvchisi Axtyamov Azizboy Erkinboyevich – Filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD);
- -Ingliz tili kafedrasi o'qituvchisi Azimova Sayyora Xusayebayevna –Filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD);
- -Ingliz tili kafedrasi o'qituvchisi Aliyeva Navruza Xibibullayevna –Filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD);
- -Nemis va frantsuz tillari kafedrasi o'qituvchisi Axmadjonov Nurbek Zokirjon o'g'li – Filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD);
- -Gumanitar yo'nalishlar bo'yicha chet tillari kafedrasi o'qituvchisi Porubay Igor Feliksovich –Filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD);
- -O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi o'qituvchisi Xusanova Ma'rifat Axmadjonovna – Filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD);
- -Rus filologiyasi kafedrasi o'qituvchisi Mamajonova Gulmira Musinovna –Filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD);
- -Ingliz tili kafedrasi o'qituvchisi Abbosova Nargiza Kabilovna –Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD);
- -Nemis va frantsuz tillari kafedrasi o'qituvchisi Merganova Nigora Mamadodilovna – Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD);
- -Psixologiya kafedrasi o'qituvchisi Omonov Sherali Ibroxim o'g'li –Psixologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD);
- -Falsafa kafedrasi o'qituvchisi Saitxonov Akmal Axatjonovich – Falsafa fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi bilan taqdirlandilar.
Kengash kun tartibida universitet kengashi tarkibiga o‘zgartirish kiritish, yo‘riqnoma hujjatlar ijrosi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 muhim tashabbus doirasida amalga oshirilgan faoliyat, malakaviy amaliyotlar jarayoni, oliygoh reytingi ko‘rsatkichlari bo‘yicha kafedralarda amalga oshirilayotgan ishlar, universitet huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar faoliyati kabi muhim masalalar tahliliy ko'rib chiqildi.