Ilm-ma'rifat – insonni kamolotga yetaklovchi, unga najot beruvchi buyuk ne'matdir. Bugun Farg’ona davlat universitetida bo’lib o’tgan uchrashuv ham shu masalaga qaratildi.
Oliygoh rektori Bahodirjon Shermuhammadov Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim fakulteti talaba-yoshlari bilan uchrashuv olib bordi.
Uchrashuvda asosan yoshlarning bugungi kundagi qiziqish va intilishlari, ta'lim-tarbiyasi, talabalarning ruhiyati, oilaviy sharoiti, kayfiyati, iqtidori va qiziqishlari samimiy muloqot asosida o'rganib borildi.
Shuningdek, talabalarning muammolari va murojaatlari ochiq muloqot davomida tinglanib, yoshlarga turli masalalar bo'yicha rahbarning taklif va tavsiyalari berildi.
Mazkur uchrashuvda rektor talabalarning rejalari, kelgusi faoliyati xususida fikr bildirar ekan, har bir farzand misolida barkamollikka intilish, hallollik, shaffoflik doimiy fazilat bo’lishito'g'risida alohida to'xtalib o'tdi.
Muloqot davomida yoshlar o’z takliflari, fikr-mulohazalarini bildirar ekanlar uchrashuvdan mamnun ekanliklarini e’tirof etdilar.