Vatanparvarlik — kishilarning ona yurtiga, o'z oshyoniga muhabbati va sadoqatini ifodalaydigan tushuncha. Vatanparvarlik barcha kishilar, xalq, millatlar uchun umumiy bo'lgan, asrlar davomida sayqallanib kelgan umuminsoniy tuyg'u, ma'naviy qadriyatlardan biridir.
Har bir insonda ana shunday oliyjanob fazilatlarni shakillantirib, yosh yigitlarimizni Vatan uchun qalqon, xaqiqiy mardu maydon bo'lishi, kerak bo'lganda xatto o'z jonini qurbon qilishga undaydigan kuch bu-avvalo ma'naviy -ma'rifiy tarbiyadir.
Andijon davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashda ham ushbu masala ilgari surildi. Mazkur PhD.03/30.06.2020.fal.60.04 raqamli ilmiy kengashda Fargʻona davlat universiteti mustaqil tatqiqotchisi- Harbiy ta'lim fakulteti boshlig'i, polkovnik Saidov Ixtiyor Mizrabovich "Yangi O'zbekistonda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning ijtimoiy-falsafiy omillari" mavzusida 09.00.04 – ijtimoiy falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori dissertatsiyasini 100 foiz ovoz bilan muvafaqqiyatli himoya qildi.