Har qanday davlatning tarixiy taraqqiyot yo'lidan ma'lumki, yurtning jadal rivojlanishi, muayyan yutuqlarga erishishi, xalqning farovon bo'lishi o'sha davlatda yoshlar ta'lim-tarbiyasi, bilimi va kelajagiga beriladigan e'tibor darajasiga chambarchas bog'liqdir. Jamiyatda yoshlarni bilimli, komil inson qilib tarbiyalashda esa ustoz-murabbiylarning o’rni beqiyosdir.
Fargʻona davlat universitetining Psixologiya kafedrasida tashkillangan tadbirning mavzusi ham “Ustoz-shogird an’analari” masalalariga bag’ishlandi.
“Psixologiya yoʻnalishi talabalarining ilmiy faoliyatida ustoz-shogird tizimining dolzarb masalalari” deb nomlangan mazkur tadbirda talabalar o‘zlari qiziqqan sohalari bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borayotgan professor-o‘qituvchilarni ilmiy rahbar sifatida tanladilar. Tadbirda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor, biologiya fanlari doktori I.I.Zokirov, fakultet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar.