Qadimda yerning shakli va uning radiusi hamda geografik ma’lumotlarini hozirgi kunga nisbatan juda ham aniqlik bilan o'lchab, Geodeziya fanning rivojlanishiga ulkan hissa qo’shgan buyuk allomalarimizdan biri Abu Rayhon Beruniydir. Uning yoshligidanoq tabiat hodisalariga bo’lgan e’tibori, kuzatishlari va ilmiy izlanishlari keyinchalik astronomiya, geografiya, geodeziya amaliy masalalarini hal etish bilan birga Yer va Osmon globusini yasashida hamda astronomiyaga oid bir necha kitoblar yozish bilan birga turli astronomik asboblarni yaratishiga asos bo’ldi.
Ayni kunlarda yurtimiz bo’ylab buyuk alloma Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligiga bag’ishlangan tadbirlar keng nishonlanmoqda. Xususan, Farg’ona davlat universitetining Chet tillari fakultet talaba-yoshlari o‘rtasida Abu Rayhon Beruniy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan "Beruniy mening nigohimda"mavzusidagi turli tillarda insholar tanlovi o‘tkazildi.
Shuningdek, Fizika yo'nalishi 2-3-bosqich talabalari uchun Abu Rayhon Beruniy hayoti va ilmiy- ma'rifiy faoliyati, uning jahon tamadduni rivojiga qo'shgan ulkan hissasini targ'ib qilishga qaratilgan taqdimot bo'lib o'tdi.
Beruniy merosini o’rganishga qaratilgan tadbirlar oliygohning Agrar qo'shma fakultetida ham bo’lib, unda alloma hayoti va faoliyati xususida davra suhbati tashkillandi.