Umrida bir karra ilhom chashmasidan bahramand bo’lib, dildan rasm chiza olgan inson baxtli insondir. Kamolotga erishgan rassom esa o’zining to’plagan tajribasiga tayanib, tabiatdan ilhom olib, gul va yaproqlardan turli-tuman shakllar yasaydi, ularga jim-jimador bo’yoqlar beradi, turli naqsh va chiziqlar bilan bezaydi. Qadimdan tasviriy san’atga katta e’tibor berilganiga, tarixiy obidalarimizning rang-barang naqshlari jilosidan anglash mumkin.
Bugungi kunga kelib yoshlarimiz o’rtasida Tasviriy san’atga bo’lgan qiziqish tobora ortib bormoqda. Bu borada yosh, iste’dodli rassomlarni tarbiyalashda Farg’ona davlat universitetining San'atshunoslik fakulitеtida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan oliygoh allеyasida tashkil etilgan “Ranglar jilosi” deb nomlangan ko’rgazmada, talabalari tomonidan tayyorlangan ijod namunalari namoyishi bo’lib o’tdi. Bunda “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi”, “Rangtasvir: dastgohli” ta’lim yo‘nalishlari talabalarining ijod na’munalari taqdim etldi.