Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

“ZULFIYA IZDOSHLARI”

13:58, 02.03.2023      

O’zbek xalqining atoqli va ardoqli vakili, taniqli jamoat arbobi, xalqaro tinchlik uchun kurash jarchisi Zulfiya Isroilova xalqaro “Nilufar”, Javoharlal Neru nomidagi hamda Davlat mukofatlari sohibasidir. Zulfiyaxonim Isroilova 1915-yili Toshkent shahrining qadimiy Degrez mahallasida tavallud topgan.

Bahorning ilk kunlaridanoq she’rlari bilan qalblarga bahoriy iliqlik baxsh etguvchi, o’zbekning buyuk shoirasi – Zulfiyaxonim tavalludi har yili yurtimizning barcha go’shasida keng nishonlanishi an’anaga aylangan.

Bugun Farg’ona davlat universitetining Filologiya fakultetida ham o'zga tilli guruhlarida rus tili yo'nalishi talabalari ishtirokida Zulfiyaxonim tavallud ayyomiga bag'ishlangan "Zulfiya izdoshlari" nomli adabiy mushoira bo'lib o'tdi.

Ushbu tadbirga O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoira va publitsist Zuhraxon Aliyeva "Nadimiy " to'garak a'zolari bilan tashrif buyurishdi. Shoira Zulfiyaxonim bilan bog'liq xotiralari bilan o'rtoqlashib, u kishining ibratli jihatlarini gapirib berdilar. Ijodkor yoshlar tomonidan o'qilgan she'rlar davraga yanada ko’tarinkilik shukuhini baxsh etdi.