Ayol qalbi eng nozik xilqat. Zulfiyaxonim sheʼrlarida ayollar dunyosi alohida oʻrin tutadi. Oʻzi ham isteʼdodi, mehnati, rostgoʻyligi, bilan ijodda, hayotda shuhrat topdi. “Bir mavzuda cheklanib qolgim kelmaydi. Lekin dugonalarim, tengdosh – zamondoshlarim hayoti, oʻzbek ayolining hozirgi qiyofasi oʻzining shoirona ifodasini talab etib, meni hamisha hayajonga soladi”, deya yozadi esdaliklarining birida Zulfiya opa.
Qalblarni ajib bir hayajonga to’ldirib kirib kelgan ko’klamning ilk kunidanoq, ZulfiyaxonimIsroilovaning nafis she’rlari tabiatga o’z iforini tarata boshlaydi. Ana shunday fusunkor kunda O'zbekiston xalq shoirasi, taniqli jamoat va davlat arbobi Zulfiyaxonim tavalludining 108 yilligiga bag’ishlangan bayram tadbirlari yurtimiz bo’ylab keng nishonlanadi.
Farg’ona davlat universitetining Tabiiy_fanlar_ fakulteti Xotin-qizlar Kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda ham dilbar shoira Zulfiyaxonimning yorqin xotirasi yodga olindi.
Mazkur tadbirda O'zbekiston Respublikasi yozuvchilar uyushmasi akademik shoiri X.Ummatqulova, Viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasi bosh mutaxassislari M.Abdullayeva, Y.Sharipova, Farg'ona shahar bosh imom hatibining xotin-qizlar masalalari bo'yicha maslahatchisi M.Axmadaliyeva, universitet inspektori podpolkovnik M.Kamalovnalar ishtirok etib, ular yoshlarga o’zbek ayolining ibo-hayosi, sevgi va sadoqati, sabr va irodasi haqidagi fikrlarini xalqimizning sevimli shoirasi Zulfiyaxonim misolida e’tirof etdilar.