Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

TEATR BU – HAYOT SAHNASI

19:49, 02.03.2023      

Haqiqatdan ham, teatr – bu ibrat maktabi ekanligiga amin bo’ladi kishi. U teatr ijro etuvchilarga ham tomoshaminlarga ham ma’naviy ozuqa beradi, tasavvuri va dunyo qarashini kengaytiradi. Bu esa, talaba yoshlarimizni har tomonlama komil inson bo’lib kamol topishlarida muhim ahamiyatga ega. Shu jihatdan ham bugungi kunda oliy va professional ta’lim muassasalari talabalarining san’atga bo’lgan qiziqishlarini ruyobga chiqazish, talabalar teatr studiyalari faoliyatini yanada jonlantirish borasida keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda, bu boradagi talabalar faoliyati har tomonlama rag’batlantirilmoqda. Turli dolzarb mavzularni qamrab olgan talabalar teatr studiyalari jamoalarining teatrlashtirgan chiqishlaridan har tomonlama o’zgacha ma’naviy ozuqa olish mumkin.

Bugun oliygohning"Nilufar" talabalar teatr studiyasida namoish etilgan spektaklning bosh g’oyasi ham yoshlarining bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkillash, hamda teatrga bo'lgan qiziqishlarini rivojlashtirishga qaratildi.

Unda oliygohning Pedagogika-psixologiya fakulteti talaba-yoshlari tomonidan sahnalashtirilgan yozuvchi Said Ahmadning "UFQ" romani asosida spektakl namoyishi bo'lib o'tdi.

Ushbu spektaklda fakultet professor-o'qituvchilari hamda talabalari ishtirok etdilar. Spektakl talaba-yoshlarimiz tomonidan mahorat bilan ijro etilgani barcha tomoshabinlarda katta ta’surot uyg’otdi. Shuningdek, spektakldan so'ng kitob ko'rgazmasi ham bo'lib o'tdi.