Bahor faslini bejizga fasillar kelinchagi deyishmaydi. Kelinchak bir oilani gullab yashnatsa, bahor fasli esa butun borliqni. Ko‘rkam ko‘klamning huzurbaxsh nafasi ko‘ngillarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlaydi. Butun borliq uyg‘onadi. Qir-adirlarda maysalar nish urib chiqa boshlaydi. Qish davomida uyquda bo‘lgan dov-daraxt shoxlarida yaproqlar kurtaklarni yorib, quyosh nurlariga talpinadi. Tabiat yashillikka burkanadi. Insonlar qalbida qandaydir jo’nshqinlik mavj uradi.
Bahorning ilk kunlari kelinchak yanglig' o'z ifori, va latofatli bayramlari bilan Farg'ona davlat universitetiga ham o'z tarovatini taratmoqda.
Shu binobarida bugun oliygohning Chet tillari fakultetida bahorning ilk kuni talabalarning sho'h ko'y-qo'shiqlari va o'yin kulgulari, bahoriy tilaklari, rang-tasvir asarlari namoyishlari bilan kutib olindi.