O‘zbekistonning rivojlanishdagi yangi bosqichida yoshlarning o’rni alohida ahamiyatga ega ekanligini, ularga yaratilayotgan shart-sharoitlar va imkoniyatlardan anglash qiyin emas.
Muhtaram Prezidentimizning yoshlarimizga bo’lgan katta ishonchi bugun o’z samarasini ko’rsatmoqda. Yoshlarimiz o’zlariga berilgan yuksak ishonchni oqlamoqdalar. Xususan sport sohasida qo’lga kiritilayotgan yutuqlar bu ulkan ishonchning mevasidir.
Ayni kunlarda Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida para еngil atlеtika bo'yicha bo'lib o'tayotgan an'anaviy Fazza Gran-pri turnirining 3-kuni Farg’ona davlat universiteti uchun quvonchli bo'ldi.
Bunda oliygohning Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi Yorqinbеk Odilov Yadro uloqtirish F57 (erkaklar) bo'yicha – oltin medalni qo'lga kiritdi.
Shuningdek, Farg’ona davlat universitetining yana bir talabasi Ergasheva Roziyaxon ham Yadro uloqtirish F42-44-46 (ayollar) bo'yicha bronza hamda Nayza uloqtirish F46 (ayollar) bo'yicha – oltin medal sohibiga aylandi.