Salqin saharlarda, bodom gulida,
Binafsha labida, yerlarda bahor.
Qushlarning parvozi, yellarning nozi,
Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor...
Oʼzbek sheʼriyatining otashnafas shoiralaridan biri, inson ruhiyati dunyosining betakror kuychisi shoira Zulfiya Isroilova tavalludining 108 yilligi munosabati bilan 1- mart kuni Farg‘ona davlat universiteti matematika-informatika fakulteti talaba-yoshlari hamda bilan hamkorlikda tadbir tashkillandi.
Tadbirda, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi shoir Bahodir Iso, Axborot resurs markazi xodimlari hamda fakultet jamoasi ishtirok etdilar.
So’zga chiqqanlar Zulfiyaning benazir sheʼriyati haqida toʼxtalib oʼtar ekan, shoiraning betakror isteʼdodi, Vatanga muhabbat, vafo va sadoqat tuygʼusini, olijanob insoniy fazilatlarni yuksak pardalarda tarannum qilgan yetuk badiiy asarlari, ibratli hayoti hamda ijtimoiy faoliyati bilan milliy adabiyotimiz va madaniyatimiz rivojiga, xalqimiz maʼnaviyatini yuksaltirishga qoʼshgan ulkan hissasilarini eʼtirof etdilar.
Shuningdek, talabalar tomonidan Zulfiya va Hamid Olimjonning hayotiga oid sahna ko‘rinishlari, kuy va qo‘shiqlar ijro etishdi.